Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta yettilik” mamlakatlari energiya manbalari uchun rublda haq to‘lashni rad etmoqda
11:17 / 2022-03-29

Germaniya energetika vaziri Peter Altmayer bayonotiga ko‘ra, “Katta yettilik” (G7) mamlakatlari energiya manbalari uchun rublda haq to‘lashni rad qiladi, deyilgan "Associated Press" agentligi xabarida.

Germaniyalik vazirning aytishicha, “Katta yettilik” Rossiyaning energiya tashuvchilarni rublda xarid qilish talabiga rad javob beradi, deyilgan agentlik xabarida.

Vazir, shuningdek, “Katta yettilik” davlatlari har qanday ssenariyga tayyorligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqinda  Markaziy bank, “Gazprom” va hukumatga  Moskva uchun do‘st bo‘lmagan davlatlarga Rossiya gazini rublda yetkazib berish bo‘yicha topshiriq bergandi. Kreml topshiriqning bajarilishi bo‘yicha dastlabki hisobotni 31 martda oladi. Putin Rossiya o‘z obro‘sini saqlagan holda shartnoma bo‘yicha gaz yetkazishda davom etishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, “Katta yettilik”ka Kanada, Fransiya, Germaniya,  Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSH kiradi. Ularning barchasi Rossiyaga “do‘st bo‘lmagan davlatlar” hisoblanadi.