Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta yettilik” davlatlari yetakchilari Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishdi
10:22 / 2021-08-25

“Katta yettilik” davlatlari rahbarlarining (G7) virtual uchrashuvida Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan evakuatsiyani muvofiqlashtirish va terrorchilarning mamlakatga qaytishini oldini olish bo‘yicha fikr almashildi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg majlis yakunlari bo‘yicha ma’lumot berar ekan.

"Afg‘oniston bo‘yicha G7 yetakchilari ishtirokida muhim bahs-munozaralar bo‘ldi. NATO evakuatsiyaning samarali yakunlanishi uchun barcha harakatni muvofiqlashtirib bormoqda. Shu bilan birga, biz terrorchilarning Afg‘onistonda bemalol harakat qilib yurishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", - deb yozdi u Twitterda.

Britaniya tashabbusi bilan chaqirilgan “Katta yettilik” yetakchilari sammiti seshanba kuni virtual formatda bo‘lib o‘tgan. Unda ishtirokchilar Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgani aytilmoqda.