Katta yettilik davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlari omikron-shtamm bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi
“Katta yettilik”ka a’zo mamlakatlari sog‘liqni saqlash vazirlari dushanba kuni COVID-19 ning “omikron” shtammi bo‘yicha tezkor uchrashuv o‘tkazadi, deb ma’lum qildi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Javid.
"Biz G7 vakillari bo‘lamiz va men “Katta yettilik” davlatlari sog‘liqni saqlash vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuviga chaqirdim, uchrashuv ertaga bo‘ladi", – dedi vazir yakshanba kuni Times Radio radiostansiyasiga intervyu bergan chog‘da.
Bu ma’lumot Britaniya hukumati xabarnomasida ham tasdiqlangan bo‘lib, unda uchrashuv “omikron” shtammi bilan bog‘liq voqealarni muhokama qilishga” bag‘ishlanishi aytilgan.