Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katta shaharlarda yashashning ham o‘z tartib-qoidalari bo‘ladi
15:01 / 2020-01-22

Kompyuter dahosi, marhum Stiv Jobsning onkolog shifokori Devid Agus Moskva merining rasmiy saytiga intervyu berib, shaharliklar sog‘lom hayot kechirishlari uchun to‘rtta qoidaga qat’iy amal qilishlari kerakligini aytib o‘tdi.


Kompyuter dahosi, marhum Stiv Jobsning onkolog shifokori Devid Agus Moskva merining rasmiy saytiga intervyu berib, shaharliklar sog‘lom hayot kechirishlari uchun to‘rtta qoidaga qat’iy amal qilishlari kerakligini aytib o‘tdi. 

Shifokorning ta’kidlashicha, katta shaharlarda yashayotgan odamlar bo‘sh vaqtini tabiat qo‘ynida, o‘rmonlarda yoki bog‘larda o‘tkazishni hamda ko‘proq harakatda bo‘lishlarini maslahat bergan.

“Biz amalda muskullar qisqarishi hisobiga yashaymiz. Shu bois, sog‘liq uchun harakatda bo‘lish juda zarur “, — deydi u.

Agus shuningdek, dam olishning ham muhimligini ta’kidlab o‘tgan. Dam olishga hech bo‘lmaganda bir kunda kamida yarim soat vaqt ajratish lozim. Uning aytishicha, kun bo‘yi to‘planib qolgan charchoqni bartaraf qilish uchun biroz o‘qish yoki shunchaki derazaga qarash kerak.

Agusning megapolisdagi yana bir hayotiy tamoyili, bu kun tartibiga amal qilishdir. Vrach kuniga uch marta ovqatlanishni maslahat beradi.

“Ortiqcha vazn paydo bo‘lish ortidan miyaning faolligi pasayadi “, — deydi Agus.

Shuningdek, u har kuni bir vaqtda uxlashga va bir vaqtda uyg‘onishga o‘rganish kerakligini maslahat berdi.