English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katta rejalar bilan faoliyat boshlagan yoshlar yetakchisi
07:00 / 2022-02-18

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, yurtimizdagi mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
O‘z tashabbuslari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan surxondaryolik Jo‘rabek Xudoyqulov ushbu qaror asosida Angor tumani “Novshahar” mahallasiga yoshlar yetakchisi sifatida tayinlandi.

[gallery-5803]

Jo‘rabek mehnat faoliyatini Angor tumani bolalar sport maktabida boshlagan. Kurash bo‘yicha bir necha bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan qahramonimiz ushbu sport turini ommalashtirish maqsadida bir qancha shogirdlar tayyorladi. Sportga qiziqqan ko‘plab yoshlarni birlashtirdi. Shu bilan birga tumandagi yoshlar loyihalarida  o‘z tashabbuslari bilan faol qatnashib kelgan.  
Mahallada tashkil etilgan yangi lavozimda faoliyat boshlagan Jo‘rabek bugun mahalladagi ishsiz va uyushmagan yoshlarni ro‘yxatini shakllantirish, ularni ta’limga, sport, tadbirkorlik, hunar o‘rganishga jalb etish, ish bilan ta’minlash borasida katta rejalar tuzgan. Bu borada boshlagan qadamlari ham dadil. 
 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA