Hayotda insonni boshqalarga kuchli ko‘rsatadigan narsa uning bo‘yi yoki tashqi ko‘rinishi emas. Insonning qalbi, fikrlashi, orzu-maqsadlari va jamiyatda tutgan o‘rni uning haqiqiy qiyofasini belgilaydi.
Oramizda bo‘yi past bo‘lsa-da, irodasi baquvvat, dunyoqarashi keng, hayotga bo‘lgan ishonchi mustahkam insonlar bor. Ular o‘z mehnati, sabri va qat’iyati bilan atrofdagilar hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Shu kabi “katta odam”lardan biri — Diyorbek Shirinov. U O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasida ham o‘z san’at salohiyatini namoyon qilmoqda.
Shuningdek, Yoqubjon Sharopov va Ismatillo Dushanovlar ham “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining faol artistlari sifatida keng auditoriyani xursand qilib kelmoqda. Ularning hayot yo‘li, mehnati va sahnadagi mahorati ko‘plab yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zA muxbiri ana shunday mitti bo‘yli, lekin qalbi katta insonlar bilan suhbat jarayonida ularning orzu-maqsadlari, kundalik hayoti, sahnada va hayotdagi qiziqishlari haqida bilish imkoniga ega bo‘ldi. Suhbat davomida ular o‘zlarining mehnatsevarligi, qat’iyati va umidlari orqali har bir insonning qalbiga ta’sir qila olishini namoyon qildi.
Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pWncWbvEeGQ" title="“Katta odam”lar " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nigora Rahmonova,
Yoqubjon Meliboyev (video),
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj),
O‘zA