Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:33 / 2021-06-24

Buxoro viloyati Romitan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 21 iyun kuni soat 20:00 dan 22 iyun kuni soat 06:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxs Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. rahbarlik qilib kelayotgan tumanning Qoqishtuvon qishlog‘ida joylashgan Xitoyning yo‘l qurilish korxonasi idorasi binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan seyf va ushbu seyf ichida bo‘lgan 60 ming AQSH dollari, 20 ming Xitoy yuani va 56 million so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida, zudlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Mansur Qodirov hamda tergov bo‘yicha o‘rinbosar polkovnik Oqil Hasanov rahbarligida, ichki ishlar boshqarmasi hamda tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzildi. Kechiktirib bo‘lmas surishtiruv, tergov harakatlari o‘tkazilishi natijasida jinoyat fosh etildi.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni Romitan tumani Qoqishtuvon mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro P.S. va uning mahalladoshi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro X.U. bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib sodir etganliklari ma’lum bo‘ldi. Gumon qilinuvchilardan ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi va jabrlanuvchi fuqaro B.B. rahbarlik qilib kelayotgan Xitoy Xalq Respublikasining yo‘l qurilish korxonasiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplandi.

Hozirda gumon qilinuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA