Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katta maqsadlar sari intilayotgan Javohir (+video)
17:21 / 2025-08-20

Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlardan biri Xatirchi tumani Damariq mahallasida yashovchi Javohir Abdurahmonovdir.

U davlatimiz rahbarining joriy yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida imtiyozli kredit olib tadbirkorlik faoliyatini boshladi.  

Javohir avvaliga 4 ta tikuv mashinasi va 2 ta ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan edi. Hozirgi kunga kelib 15 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga erishdi. Qahramonimizning kelajakdagi ulkan maqsadlaridan biri bu - fabrika ochish va mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga xissa qo‘shib, ishchi o‘rnini ko‘paytirishdan iborat.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/N2LhGRe9GIg" title="Katta maqsadlar sari intilayotgan Javohir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA