English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katta Fargʻona kanalidan choʻkayotgan ayol qutqarib qolindi
15:00 / 2020-07-22

Profilaktika inspektorlari avtomashina rulini darhol oʻsha tomonga burishdi.


Joriy yilning 20-iyul kuni soat 18:00 larda Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Soyboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini hududida xizmat olib boruvchi profilaktika inspektori, katta leytenant Akbarali Tursunov hamkasbi, leytenant Asilbek Obidov bilan birga xizmat burchini bajarib, avtoulovda tuman ichki ishlar boʻlimi binosiga kelishayotgan edi.

Ular tumanning Langar mahallasi hududidan oʻtishayotganda shu yerdan oqib oʻtgan Katta Fargʻona kanali yoqasida kutilmagan bir holatga duch kelishdi. Qirgʻoqda bezovta holatda turgan bir ayol oʻzini suvga tashlashga chogʻlanar, kanalning narigi yuzida turgan bir-necha kishi esa qichqirib, uni toʻxtatishga urinishardi.

Profilaktika inspektorlari avtomashina rulini darhol oʻsha tomonga burishdi. Ammo, ular yetib borib mashinadan tushgunicha ayol oʻzini kanalga tashlab yubordi.

Katta leytenant Akbarali Tursunov ikkilanib oʻtirmay darhol oʻzini suvga otdi. Leytenant Asilbek Obidov va ular bilan xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati safdor xodimi Hasanboy Joʻraboyev ayolni shiddatli oqimdan chiqarib olishda unga yordam berishdi. Xullas, uni qutqarib suvdan chiqarib olishdi.

Maʼlum boʻlishicha, qutqarib olingan qiz shu tumanda yashovchi K.G. boʻlib, oilasidagi muammolar, stressli vaziyatlar tufayli ruhiy holati yomonlashib, oʻz joniga qasd qilishga uringan ekan.

K.G. ayni paytda ruhiy holatini tiklash uchun Fargʻona viloyati ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga davolash uchun yotqizildi.

Qizning yaqinlari va mahalla ahli bir inson hayotini saqlab qolgani uchun osoyishtalik posbonlaridan minnatdor boʻlib, rahmat aytishdi.