Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta dubulg‘a” turniri: Vakillarimiz raqiblari ma’lum
15:05 / 2023-09-22

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi “Katta dubulg‘a” turniri boshlandi. Unda dunyoning 64 mamlakatidan 500 nafarga yaqin polvonlar g‘oliblik uchun tatamiga chiqadi.

Mazkur musobaqaga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘zlarining ilk raqiblarini bilib oldi.

Qur’a natijasi bilan tanishing:

Erkaklar:

  • -60 kg: Doston Ro‘ziyev  – Gamzat Zairbekov (Individual neytral sportchi);
  • -66 kg: Muhriddin Tilovov – Oskar Estpertelson (Estoniya) ikkinchi davra;
  • -73 kg: Shahram Ahadov – ikkinchi davradagi raqibini kutmoqda;
  • -81 kg: Nurbek Murtazoyev – Medikson Domdel (Dominikan Respublikasi);
  • -100 kg: Ernazar Sarsenbayev – Daniyel Mukete (Individual neytral sportchi).

Ayollar:

  • -48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Tara Shvebabulfas (Shvetsiya);
  • -52 kg: Sita Qadamboyeva – Kseniya Indanilovich (Individual neytral sportchi);
  • -57 kg: Nilufar Ermaganbetova – Nekoda Gbrsmit (Buyuk Britaniya);
  • -63 kg: Marjona Nurulloyeva – Flaviya Favorini (Italiya);
  • -63 kg: Farangiz Hojiyeva – Lubyana Autpiovesana (Avstriya);
  • -70 kg: Shohista Nazarova – Katarina Polsobiyerayska (Polsha).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA