French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta dubulg‘a”: Bugun to‘rt nafar dzyudochimiz bellashadi
11:26 / 2024-02-17

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tganidan xabaringiz bor.

Xalqaro turnirning bugungi bahslarida to‘rt nafar polvonimiz bellashadi: 

-73 kg: Obidxon No‘monov - Ayub Xajialiyev (neytral sportchi) 

-81 kg: Nurbek Murtazoyev - Antonio Esposito (Italiya) 

-63 kg: Sevinch Isoqova - Katerin Pinar (Kanada) 

-70 kg: Shohista Nazarova - Eliza Vroblevska (Polsha) / Mariyam Chanturiya (Gruziya). 

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda Diyora Keldiyorova oltin, Doston Ro‘ziyev va Halima Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 

Ushbu natija orqali hozirda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda bormoqda. Vakillarimizdan keyingi pog‘onalarda Ispaniya va Kanada termasi bormoqda. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA