English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Katput qishlog‘ida davlat xizmatlari markazi filiali ish boshladi
19:07 / 2022-06-18

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlarining chekka hududlarda, xususan, cho‘l va tog‘li joylarda filiallari tashkil etilmoqda.

Filiallarning aholi taklifi asosida belgilangan kun va vaqtda ishlayotgani xalqqa manzur bo‘layotir. Boisi endi ular xizmatlardan foydalanish uchun uzoq yo‘l bosmaydi, mablag‘ yo‘qotmaydi, vaqt sarflamaydi.

Adliya vazirligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Farg‘onada DXM filiallari soni 11 taga yetgan.

Ayni paytda Beshariq tumanida «Rapqon», So‘x tumanida «Tul», Uchko‘prik tumanida «Oq suv», Buvayda tumanida «Buvayda», Farg‘ona tumanida «Shohimardon», «Chimyon», Quva tumanida «Akbarabod», Furqat tumanida «Chekchuvaldoq», Quvasoy shahrida «Qo‘chqorchi», Farg‘ona shahrida «Qirguli» filiallari faoliyat olib bormoqda.

Mazkur filiallar tomonidan 2022 yilning shu davriga qadar fuqarolarga 31 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ko‘p millatli Katput qishlog‘i Oltiariq tumani markazidan 25 km. uzoqlikda joylashgan. Qo‘shni Qirg‘iziston sarhadlari bilan tutashib ketgan bu mahallada davlat xizmatlari markazi «Katput» filialining ish boshlagani minglab oilalar uchun chinakamiga quvonchli xabar bo‘ldi.

Gap shundaki, bu – qishning ayozli, yozning jazirama kunlarida fuqarolar uchun ayni. Chunki yangi ochilgan filial endilikda «Katput»ning «Yangi asr», «Tolko‘cha», «Bo‘rboliq» hududining «Zilol», «Shalola», «Gulobod» mahalla fuqarolari yig‘inining 15 mingga yaqin aholisi uchun xizmat qiladi.

DXM filialida fuqarolar va tadbirkorlar 170 dan ortiq xizmatlardan to‘liq foydalanishi mumkin.

O‘zA