Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kaspiy dengizi sathi pasaymoqda
15:02 / 2025-07-22

Kaspiy dengizi sathi rekord darajada pasaydi, deb yozmoqda “RIA Novosti” axborot agentligi Butunrossiya baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining  Volga-Kaspiy bo‘limi ma’lumotlariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, hozirda Kaspiy dengizi sathi instrumental kuzatuvlarning butun davri davomida minimal darajadan pastga tushgan. U Boltiqbo‘yi balandliklar tizimi bo‘yicha minus 29 metrdan kam.

Dengiz sathi 2020 yildan keyin tez pasayishni boshlagan. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, vaziyatga birinchi navbatda issiqxona gazlari chiqindilarining ortishi, harorat ko‘tarilishi va suvning havoga maksimal bug‘lanishi ta’sir ko‘rsatmoqda.

Dengiz sathining pasayishi Rossiya va Qozog‘istonning eng sayoz shimoliy qismida ko‘proq seziladi, deya qo‘shimcha qilgan mutaxassis. Uning ta’kidlashicha, Volga daryosida chuchuk suv oqimining kamayishi va Kaspiy dengizidagi suv sathining pasayishi baliqlar urchishiga salbiy ta’sir qiladi. 

Agentlik manbalariga ko‘ra, Volgadagi past suv sathi yaqin besh-olti yil ichida davom etsa, Kaspiy dengizi sathi yana bir metrga tushishi mumkin.

S.Rahimov, O‘zA