Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Kashtalarda olam namoyon» nomli amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
19:36 / 2022-09-29

Toshkent shahri Chilonzor tumani «Katta Do‘mbirobod» mahallasida mohir kashtado‘z «Shuhrat» medali sohibi Nasiba Ishoqovaning «Kashtalarda olam namoyon» nomli amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, kashta amaliy bezak san’atining igna bilan tikib gul, tasvir, naqsh tushiriladigan turi hisoblanadi. Kashtachilik Markaziy Osiyo xalqlarida miloddan avvalgi asrlardayoq shakllangan. Qadimda badiiy kashtachilik mahsulotlari bilan xonadonlar jihozlangan, badiiy naqshlari bilan kiyim va boshqa buyumlar bezatilgan. Kelinlar sepining bir qismini albatta bezak chokli palak, zardevor, so‘zanalar tashkil qilgan. mamlakatimizda kashtachilikning o‘ziga xos xususiyatlari, uslubi, bo‘yoq tayyorlash texnologiyasi, naqshlar tikilishi, choklarning ishlatilishi bilan ajralib turadigan.

Tadbirda Nasiba Ishoqova tomonidan mahorat darslari, usta-shogird maktabi mashg‘ulotlari, usta hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, yosh shogirdlar ishtirokida «Eng mohir kashtado‘z» kashta tikish bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi.

[gallery-8969]

Gulnoza Boboyeva, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA