Kashmirdagi otishmalarga oydinlik kiritilmadi
Pokiston armiyasi otishmada beshta hind va uch nafar pokistonlik harbiy halok boʻlganini maʼlum qilgan.
Geo.tv maʼlumotiga koʻra, Pokiston tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo boʻyicha departamenti rahbari Muhammad Faysal Kashmirdagi otishmalarni muhokama qilish va tegishli norozilikni bildirish uchun Hindistonning Islomoboddagi elchixonasi boʻyicha ishonchli vakil Gaurava Axluvaliani chaqirgan.
Pokiston armiyasi otishmada beshta hind va uch nafar pokistonlik harbiy halok boʻlganini maʼlum qilgan. Hindiston tomoni maʼlumotni rad qilib, buni “oʻylab topilgan uydirma” deb atamoqda.