Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kashfiyotchi yoshlar”ning zamonaviy issiqxonasi (+video)
16:59 / 2026-02-23

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Kashfiyotchi yoshlar” xususiy korxonasiga qarashli zamonaviy issiqxona Janubiy Koreya texnologiyasi asosida barpo etilgan. Jami 2 gektar maydondagi issiqxonada pomidor va bodring yetishtiriladi.

Bu yerda ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orish, oziqlantirish va parvarishlash ishlari avtomatlashtirilgan tizim orqali olib boriladi. O‘tgan 2025-yil avgust oyida Ispaniya davlatidan olib kelingan 42 ming dona “Magnum” navli pomidor ko‘chati issiqxonaga ekildi va undan yil oxiriga qadar 100 tonnaga yaqin hosil olishga erishildi.

[gallery-27778]

Xo‘jalik a’zolari 2026-yil boshida pomidordan bo‘shagan maydonga yaxshi niyat bilan bodring ko‘chatini qadadi. Hozirda ko‘chatlarning rivojlanishi yaxshi, oldi hosil to‘plashga kirishgan. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining mas’ul xodimlari tomonidan issiqxonada fitosanitar xavfsizlikni ta’minlash, zararli organizmlar tarqalishining oldini olish va mahsulot xavfsizligini kafolatlash borasida doimiy kuzatuv ishlari olib borilmoqda.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0fc-FM7C0eg" title="“Kashfiyotchi yoshlar”ning zamonaviy issiqxonasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA