Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbiy tanlovga bag‘ishlangan seminar
15:19 / 2024-01-23

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining tashabbusi bilan Arnasoy tumanidagi 8-sonli umumta’lim maktabida “O‘quvchilarning kasbiy tanlovlarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari hamda uning barcha tuman va shahar bo‘limlari psixolog-metodistlar ishtirok etdi.

Seminarda, o‘quvchilarning kasbiy tanlovida ularning qobiliyati va iqtidorini maqsadli yo‘naltirishda amalga oshiriladigan ishlar samaradorligiga erishish, istiqbolli rejalar va bu borada tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tushunchalar hamda tavsiyalar berildi.

Jarayon davomida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari hamda 13 ta tuman psixolog-metodistlar bilan hamkorlikda qator trening mashg‘ulotlar va kreativ yondashuv asosida tashkil etilgan metodlar orqali ishtirokchilar bilimlari mustahkamlandi.  

[gallery-15599]

Viloyat miqyosida bo‘lib o‘tgan ushbu seminar davomida olingan bilim va tajribalar psixolog-metodistlar tomonidan o‘z hududlarida amaliyotga joriy etishlari tavsiya etildi.  

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA.