O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi;
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash tartibi;
Jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish tartibi belgilab berilgan.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan Vazirlikning byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan madsadlar uchun sarflanadi.
Ma’lumot uchun. Oldinroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 16 oktyabrdagi PF-15 8-son Farmoniga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Kasbiy ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan edi.
O‘zA