French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbiy ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun
16:59 / 2022-11-15

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi ishga tushirildi.

GOPA konsalting kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha tarkibiy qismlari kasbiy standartlarni rivojlantirish va ular asosida o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, to‘qimachilik sanoatidagi ishchi kasblar uchun PR- kompaniya hisoblanadi.  

Loyiha doirasida to‘qimachilik sanoatidagi 6 ta kasb tanlab olinib, ular uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqish va yangilash rejalashtirilgan.  

Shu munosabat bilan, joriy yilning 15 -18 noyabr kunlari poytaxtimizda tanlangan kasblar bo‘yicha kasbiy standartlarning mualliflaridan iborat jamoalari bilan treninglar o‘tkaziladi.  

15 noyabr kuni “To‘qimachilik sanoatida kasbiy standartlarni rivojlantirish va ularning malaka tizimidagi roli” mavzusida kirish seminari bo‘lib o‘tdi.  

Seminardan ko‘zlangan maqsad– zamonaviy kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etishda tarmoq kengashlarining roli haqidagi xalqaro tajribani o‘rganish, shuningdek, kasbiy ta’lim sohasida o‘qitish standartlarini ishlab chiqish va yangilash jarayoniga ish beruvchilarni faol jalb etish masalalarini manfaatdor tashkilot vakillari va ish beruvchilar bilan muhokama qilishdan iborat.  

Loyiha tegishli milliy hamkorlar, jumladan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zcharmsanoat”uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti, Pedagogik innovatsiyalar instituti va boshqa muassasalar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda.  

N.Usmonova, O‘zA