Poytaxtimizdagi “Moviy gumbazlar” xiyobonida Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Kasbiy ta’lim va o‘qitish kuni” bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarda kasbiy ta’limning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, dual ta’lim tizimini amaliyotda namoyish etish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda kasb-hunar ta’lim muassasalari, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar tomonidan axborot stendlari, yoshlar va oilalar uchun o‘yinlar, viktorinalar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

O‘quvchilar va ularning ota-onalariga kasbiy yo‘nalish bo‘yicha maslahatlar berildi hamda kasbiy o‘qish orqali muvaffaqiyatli karera qurish imkoniyatlari tushuntirildi. Xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga kulolchilik va kashtachilik bo‘yicha ustaxonalar tomonidan kasb tanlashga yo‘naltirish va zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatlari taqdim etildi.
Ishtirokchilarning kasbiy ta’lim bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun turli o‘yin, viktorinalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA