Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 4 martdagi “Kasb-hunarga o‘qitish joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun kasbiy ta’lim fanidan yakunniy imtihonni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlanlash maqsadida Jizzax viloyatidagi bir qator umumta’lim maktablarida 2024 – 2025 o‘quv yilida 11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha kasbiy ta’lim fani joriy etildi.
Unga ko‘ra, qizlar uchun oshpazlik, tikuvchilik, kashtachilik yo‘nalishlarida, o‘g‘il bolalar uchun hunarmandlik, ustachilik, santexnika ustasi kabi amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

11-sinfning kasbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan o‘quvchilarning 2024 – 2025 o‘quv yili davomida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari asosida davlat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Sharof Rashidov tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabining 11-“B” sinfida kasbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan o‘quvchi qizlar Davlat imtihonini topshirishdi.

Ushbu imtihonda barcha bitiruvchi qizlar o‘z mahoratlarini, o‘quv yili davomida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etib, o‘zbek milliy taomi bo‘lgan palov tayyorlash sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA