Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksiga bag‘ishlangan tadbir
10:41 / 2023-01-26

Jizzax viloyat IIB YHXB xodimlariga davlat rahbarining joriy yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini to‘laqonli yetkazish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda xodimlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar va burchiga sodiqlik  umume’tirof etilgan odob-axloq normalariga so‘zsiz amal qilishga doir qoida va talablar belgilangan.  

Ichki ishlar organlari ushbu hujjat qabul qilinguniga qadar Ichki ishlar vazirligining ichki buyrug‘i bo‘yicha xizmatni tashkil etar edi. Endi ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksiga ko‘ra xizmat ko‘rsatiladi.

– Qaror bilan kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanib, ushbu kodeksda xodimlarning fuqarolar bilan xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lishi, fuqarolarning murojaatlarini xolisona, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, yuklatilgan xizmat vazifalarini samarali bajarish, vatanparvar, o‘z kasbiga sodiq, professional kasb egasi bo‘lish belgilangan, – deydi viloyat IIB mutaxassisi Sabohat Davlatova. – Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida yo‘l patrul xizmati inspektorlari fuqarolar bilan ishlash moduli bo‘yicha uzluksiz o‘qitilishi ham belgilangan.  

Tadbir so‘nggida kasb etikasi bilan bog‘liq videolavha namoyish etildi.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA