Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
14:21 / 2025-07-08

Toshkent viloyatidagi ayrim oliygohlarning mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan bugundan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham abituriyentlar mazkur jarayonlarda qatnashmoqda.

Bu oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan 51 ta sport turidan tasdiqlangan aniq mezonlar asosida qabul qilinadi. Ularning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli sport federatsiyalari(assotsiatsiyalari)dan 61 nafar tajribali mutaxassis va murabbiylar, universitetdan 82 nafar professor-o‘qituvchi hamda sport ta’lim muassasalaridan 48 nafar tajribali murabbiylar jalb etilgan.

Muhimi, bu jarayonda har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan. Imtihon natijalari yagona maxsus sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar yordamida kiritiladi. Har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2025 yil 18 iyul sanasigacha mazkur universitet hamda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Nukus shahridagi sport inshootlarida o‘tkazilmoqda. 

Shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur sinovlarning ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida mas’ullar tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda. Imtihon o‘tkazilayotgan barcha hududlar to‘liq videokuzatuv ostida bo‘lib, jarayonni real vaqt rejimida cspu.uz sayti orqali kuzatish imkoniyati ham yaratilgan. Shuningdek, universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

A.Musayev,O‘zA.