Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasbiy dengizi orqali O‘zbekiston hududiga salqin havo massasi kirib keladi
15:57 / 2021-02-17

18-21 fevral kunlari Kavkaz mintaqalarida hosil bo‘lgan nam va nisbatan salqin havo massasi Kasbiy dengizi orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

18-19 fevral kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 25-30 metrgacha bo‘lishi kutilmoqda.  

19 fevral kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi).  

20-21 fevral kunlari respublikamizning ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  

20-21 fevral kunlari havo harorati kunduzi 8-13, kechasi 2-7 darajagacha pasayadi.  

17-18 fevral kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.