Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani hokimligi tashabbusi bilan jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Tadbir doirasida tumanda yangidan qurilayotgan yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishildi.
Aytish joizki Kasbi paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha viloyatdagi yetakchi tumanlardan. Shu bois keyingi yillarda tumanda asosiy e’tibor yetishtirilgan mavjud xomashyoni qayta ishlashga qaratilmoqda va bu borada dastlabki harakatlar boshlab yuborilgan. Xususan, tumanda sanoat ishlab chiqarish hajmi 2022 yilda – 1664,7 milliard so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati -113,3 foizga yetgan. O‘tgan yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida hududda 115 milliard so‘mlik 58 ta loyiha amalga oshirilgan va buning natijasida 743 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
[gallery-10890]
Joriy yilda ham tumanda hududiy investitsiya dasturi doirasida 512,1 milliard so‘mlik jami 41 ta loyihani amalga oshirish va buning natijasida 1080 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. Masalan, “RIMPEX POLYMER” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 500 ta yangi ish o‘rniga ega jami qiymati 24,5 milliard so‘m bo‘lgan “Paxta va sun’iy toladan aralash ip ishlab chiqarish hamda tekstil chiqindilarini qayta ishlash faoliyatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Buning uchun joriy yilda 13 million AQSH dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kredit o‘zlashtiriladi. 2024 yilning 2-choragida ushbu loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Hozirda korxonaning qurilish ishlari boshlaggan.
Press-tur doirasida OAV vakillari korxonaning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, tadbir doirasida Kasbi tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulilaylo Tugalovaning amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan murojaati ham tinglandi.
O‘lmas Baratov,
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA