Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasb mahoratini oshirish – puxta ta’lim omili
17:13 / 2016-10-14

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish mazmuni va ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish mazmuni va ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajaruvchi A.Irisqulov, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining O‘zbekistondagi rahbari E.Stiprays, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori M.Krossi va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov asos solgan ta’lim sohasidagi islohotlar har jihatdan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, kadrlar salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimizning 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida modernizatsiyalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Oliy ta’lim maskanlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Janubiy Koreya, Germaniya, Fransiya, AQSh, Yaponiya, Ispaniya va boshqa yetakchi davlatlarning mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv-rejalar va dasturlar ishlab chiqildi. Xorijiy adabiyotlar asosida o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, mutaxassislar ekspertizasidan o‘tkazildi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim dargohlari huzuridagi tarmoq markazlariga direktor o‘rinbosarlari sifatida rivojlangan davlatlarning mutaxassislari jalb etildi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari pedagoglari tarkibi salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida jahonning yetakchi universitetlarida tahsil olgan, xorijda stajirovkadan o‘tgan, sohaning tajribali mutaxassis va amaliyotchilaridan iborat nomzodlar bazasi shakllantirilib, ular uchun 2016-yiling aprel-may, avgust-sentabr oylarida chet ellik mutaxassislar ishtirokida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

– O‘zbekistonda 2012-yilda bo‘lib o‘tgan ta’lim tizimidagi islohotlarga bag‘ishlangan yirik xalqaro anjumanda ishtirok etgan edim, – deydi Rezekne Texnologiyalar akademiyasi rektori Edmunds Teyrumniyeks (Latviya). – O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi islohotlar Yevropa ta’lim tizimidagi jarayonlarga uyg‘unligi o‘qitishning bakalavriat, magistratura bosqichlari joriy etilgani, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdek jarayonlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu sohalardagi xalqaro hamkorlikdagi loyihalar fikr va tajriba, yangi axborotlar almashinuvida katta ahamiyatga ega.

Anjumanda professor-o‘qituvchilarning pedagogik va kasb darajasini rivojlantirish, malaka talablari, o‘quv rejalari, dastur va metodlarini takomillashtirish, internet tarmog‘i, multimedia tizimlaridan foydalangan holda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘qitish tizimiga joriy etish, pedagog kadrlarning chet tilini amaliy o‘zlashtirish darajasini oshirish kabi masalalar muhokama etildi.