Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasb-hunarli yoshlar
17:53 / 2016-01-15

Buxoro arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida bino va inshootlar arxitekturasi, bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha usta, elektr, gaz payvandlash ishlari ustasi, tikuvchilik, modelyer-dizayner kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

O‘quvchilarning tegishli kasb-hunarga oid bilimlarni puxta egallashi uchun ta’lim maskanida barcha sharoit yaratilgan. O‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalari zarur texnik va ko‘rgazmali vositalar, o‘quv anjomlari bilan ta’minlangan. Kollej ma’muriyati bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida turdosh korxona va tashkilotlar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.