Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasb-hunar o‘rganish markazidan Koreyaga
19:16 / 2025-06-16

Koreya iqtisodiy, ijtimoiy va mehnat kengashi raisi Gi Seob Kvon boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.

Mehmonlar Samarqand shahridagi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida tashkil etilgan ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar, ularning maqsad va intilishlari bilan qiziqdi.

[gallery-23922]

– O‘zbekistonda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Iqtisodiy, ijtimoiy kengashlar va boshqa institutlar xalqaro assotsiatsiyasi (AICESIS) bosh kotibi o‘rinbosari Oakai Son. – Bu kabi kasb-hunarga o‘rgatish markazlari ana shu hamkorlik samarasidir. Samarqanddagi markazda ham tinglovchilar qisqa vaqtda kasb ko‘nikmalarini egallashlari uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilgan ekan. Albatta, markazlar birinchi navbatda ichki ehtiyojdan kelib chiqib, ishsiz fuqarolarga kasb-hunar o‘rgatmoqda. Koreys tilini yaxshi o‘zlashtirganlar Koreyaga ishga borish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Kelgusida Koreya sanoati mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yangi nomzodlarni ishga yo‘nalishtirishda shu kabi markazlarga tayanish ko‘zda tutilgan. 

Markazda Koreya iqtisodiy, ijtimoiy va mehnat kengashi, Samarqand viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari hamda Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi rahbarlari ishtirokida ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha sheriklik kelishuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish, migratsiya va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Koreyalik mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazavor joylarni tomosha qildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari