Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasb-hunar o‘rganganga stipendiya ham to‘lanadi
15:02 / 2021-01-25

Bulung‘ur tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi negizida Samarqand viloyati bandlik bosh boshqarmasi tomonidan ishsiz fuqarolarni kasbga o‘qitish markazida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

– O‘quv maskanida hozircha tikuvchilik, kompyuter savodxonligi va uy (mehmonxona) xo‘jaligi xizmatchisi yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi, – deydi Samarqand viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov. – Kelgusida tumanda mavjud talabdan kelib chiqib, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham fuqarolar kasb-hunarga o‘rgatiladi. Umuman, bugun barcha tuman va shaharlarda shunday maskanlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu kurslarda o‘qigan yurtdoshlarimizga o‘zini o‘zi band qilgan holda faoliyat olib borishi uchun bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yordam ko‘rsatiladi.  

Qisqa muddatli o‘quv kurslariga tumandagi ishsiz va band bo‘lmagan 50 nafar fuqaro jalb qilindi. Ular bepul kasb-hunarga o‘rgatiladi va o‘qigan davri uchun stipendiya to‘lab beriladi.

G‘.HASANOV, O‘zA