Bugungi kunda yoshlarni kasb-hunarga jalb qilish, kelgusida oliy ta’limni davom ettirishidan qat’i nazar hayotida asqatadigan biror hunarni o‘rgatish, egallagan kasbi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari yaratish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu borada esa Yoshlar ishlari agentligi tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib kelayotgan yoshlardan biri Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Mehnatobod mahallasida yashovchi Husniddin Madaliyevdir.
U Prezidentimizning joriy yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlar yetakchisi ko‘magi bilan Yoshlar banki orqali 95 million imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Hozirda u poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
Husniddin bu yo‘nalishda 5 nafar tengdoshini ham ish bilan ta’minladi. Shuningdek 3-4 nafar yoshlarni shogirdlikka olib, ish o‘rgatmoqda.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IQz03FZQadw" title="Kasb-hunar – farovon hayot kaliti!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA