FOTOREPORTAJ
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun podpolkovnik Ilhom Yaxshiyev, leytenant Javlonxo‘ja Qiyomxo‘jayev «Vatan himoyachisi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
[gallery-27193]
Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i, mayor Nurbek Axrorov, Tergov departamentining O‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi mayor Dilshod Rajabov «Fidokorona mehnati uchun» esdalik nishoniga loyiq ko‘rildi.
Toshkent shahar Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Boshqarmasi podpolkovniklari Ma’murjon Rahmatullayev, No‘’monjon Yusupov, Charos Qurbonova va katta leytenant Bobur Jumaboyev «Fidokorona mehnati uchun» hamda «Vatan himoyachisi» esdalik nishonlari bilan mukofotlandi.
Qarshi shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi podpolkovniklari Elboy Tashanov, Farruh Salohov va mayor Behzod Mardonov «Fidokorona mehnati uchun» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Nishonlarni «Vatan» jamoat fondi bo‘lim boshlig‘i Botir Sodiqov topshirdi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA