Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasanachilarga yillik mehnat ta’tilini berish vaqti va navbati kasanachi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilanadi.
17:10 / 2023-05-29

Mehnat kodeksining 450-moddasiga ko‘ra, kasanachilarning ishiga, qoida tariqasida, ishbay haq to‘lanadi.

Haq to‘lash amalda bajarilgan ishlar (xizmatlar) uchun yoki sifati bo‘yicha belgilangan talablarga javob beruvchi ishlab chiqarilgan mahsulot uchun amalga oshiriladi.  

Ishlab chiqarish normalari va ishbay narxlar taraflarning kelishuviga ko‘ra, tegishli ishlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq belgilangan normal ish vaqti hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.  

Ishbay haq to‘lanadigan muayyan ish uchun kasanachining ish haqi miqdori ish beruvchining o‘z ishlab chiqarishida band bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash shartlariga taqqoslanadigan bo‘lishi kerak.  

–Kasanachi bilan qanday asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor bo‘lishi mumkin?  

– Mehnat kodeksining 451-moddasida nazarda tutilgan holatlarda ya’ni kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu kodeksda nazarda tutilgan asoslar va tartiblarda, shuningdek, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA