Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasanachilar uchun 300 million so‘mgacha imtiyozli davr bilan kredit ajratiladi
15:28 / 2023-02-24

Davlatimiz rahbarining joriy yil 23 fevraldagi «Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, ish beruvchilarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasanachi sifatida jalb qilishga ruxsat berildi.

Shunga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari (19 ta) ro‘yxati to‘ldirildi.  

2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargacha 3 oydan ko‘p vaqt mobaynida 30 dan ortiq kasanachini jalb qilgan va ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan jami daromadning 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun foyda va aylanmadan olinadigan soliq 50 foizga kamaytirib hisoblanadi. Hamda ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi.  

Davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi. «Usta-shogird» maktablari o‘quvchilari ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘laydi.  

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam berishda ularning kasanachilik yoki qishloq xo‘jaligiga mavsumiy jalb qilingan 6 oygacha bo‘lgan davrda olgan daromadlari inobatga olinmaydi.  

Qarorga ko‘ra, Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. 2023 yil 1 martdan jamg‘arma hisobidan tadbirkorlarga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi faoliyati uchun 1 oylik daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.  

Tadbirkorlarga 2025 yil 1 yanvargacha kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish uchun BHMning 30 baravarigacha, kasanachilik asosida uyda ishlayotgan nogironlarning ish joyini moslashtirish uchun BHMning 40 baravarigacha va kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun BHMning 2 baravarigacha subsidiyalar ajratiladi.  

Hokim yordamchilari tavsiyasi asosida tadbirkorlarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir kasanachi uchun 2 million so‘mgacha, jami 300 million so‘mgacha yillik 14 foiz, 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha kredit ajratiladi. Jamg‘arma hisobidan har bir kasanachi uchun 1 million so‘mgacha, jami 150 million so‘mgacha ikki yilgacha muddatga foizsiz ssuda ajratiladi.  

2023 yil 1 iyungacha davlat ulushi mavjud savdo majmualari va dehqon bozorlarida hunarmandchilik va kasanachilik rastalari tashkil etiladi.  

O‘zA