Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasallanish va o‘limlar soni kamaydi
10:15 / 2022-02-23

Kecha yurtimizda 140 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 1 nafar bemor vafot etdi.

2022 yil 22 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 235740 (+138) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida, 1 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 18 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 21 nafari Toshkent viloyatida, 56 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
Andijon viloyatida 8 nafar,
Buxoro viloyatida 16 nafar, 
Jizzax viloyatida 21 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
Navoiy viloyatida 6 nafar,
Samarqand viloyatida 23 nafar,
Sirdaryo viloyatida 10 nafar,
Surxondaryo viloyatida 8 nafar, 
Farg‘ona viloyatida 11 nafar,
Xorazm viloyatida 6 nafar,
Toshkent viloyatida 243 nafar,
Toshkent shahrida 896 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 230286 (+1267) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1624 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 27 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.  

O‘zA