Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasaba uyushmasining amaldagi raisi qayta saylandi
16:51 / 2025-07-08

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kengashining VIII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlari va delegatlar ishtirok etdi.

Dastlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suxrob Rafiqov 2020-2025 yillarda kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Ta’kidlanishicha, hisobot davrida kasaba uyushmasiga 1705 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 846 tasi qanoatlantirilgan, 830 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan, 27 tasi tegishliligiga ko‘ra boshqa organlarga yuborilgan. Shuningdek, murojaatlarning 924 tasi alohida o‘rganilib, 322 nafar xodimning huquqlari tiklangan hamda xodimlarga 318 million so‘mdan ziyod mablag‘ undirib berilgan. 

[gallery-24218]

Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi orqali 2021-2025 yillarda 512 ming 326 nafar xotin-qizga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi va o‘rinbosarligiga nomzodlar ko‘rsatilib, belgilangan tartib asosida saylov o‘tkazildi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan saylovda amaldagi rais Suxrob Rafiqov yana 5 yil muddatga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi vazifasiga saylandi.

Hisobot-saylov konferensiyasi davomida kengashning kelgusi besh yillikdagi faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari