Mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining ham munosib hissasi bor.
Kasaba uyushmalari xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda bu jamoat tashkiloti eng haqchil birlashma sifatida mamlakat ahlini yakdil qila oldi, uning hurmati va ishonchini qozondi.

Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti mamlakat kasaba uyushmalari faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda tashkilotning Yangi O‘zbekiston qurilayotgan sharoitdagi muhim vazifalarini belgilab berdi.

Bugun O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining Farg‘ona viloyatidagi 800 ming a’zosi orasidan eng faollarini uyushmaning 120 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda respublika kasaba uyushmasi chin ma’noda mehnatkashlarning yaqin himoyachisi va qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy kuchga aylanganini aytdilar.

Shundan so‘ng 94 nafar tarmoq faoliga “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

– Kasaba uyushmalariga xalqning ishonchi ortdi. Sababi har bir sohada olib borayotgan ishlari ko‘rinyapti, bilinyapti, ayniqsa. ayollarimiz sezyapti, – deydi Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Manzura Akramova. – “Kasaba uyushmalari xarakatining 120 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandik. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining 9-qurultoyida belgilab berilgan 15 ta yo‘nalish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. Bugungi mukofot uchun o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gA3LvEdOWRw" title="Kasaba uyushmasi faollari esdalik nishonlari bilan taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA