Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasaba uyushmalari muruvvat tadbiri
09:30 / 2023-11-12

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan 11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasini mujassam etgan muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kengash  xodimlari va faollari  Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya  markaziga ega bo‘lgan  ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi. Mehmonlar bu yerda tarbiyalanuvchilariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, xodimlar bilan suhbatlashdi. 2019 yil mart oyida tashkil etilgan markazda 10 ta guruhda 121 nafar imkoniyati cheklangan bola xorijda malaka oshirgan mutaxassislarning nazorati ostida davolanish imkoniyatiga ega.  

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi, senator U.Jalmenov davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, ayniqsa, ertangi kunimiz egalarining manzilli ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Har yili bayram arafasida  kasaba uyushmalari  tomonidan muruvvat tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylanmoqda.

[gallery-14524]

Bayram  munosabati bilan faol  xodimlarga  O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan faxriy yorliq hamda tarbiyalanuvchi bolalarga  sovg‘alar topshirildi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari