Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlandi
Nukusda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni oldidan mini futbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining ko‘chma kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada tuman bo‘limlaridan jami 17 ta jamoa ishtirok etdi. Xodimlar nafaqat favqulodda vaziyatlarda, balki sportda ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Musobaqa yakunida yaxshi natijalarni ko‘rsatgan Mo‘ynaq, Kegeyli hamda Chimboy tumanlari Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining 13-, 7- hamda 21-sonli Kasblashtirilgan yong‘indan qutqaruv qismlari 1-, 2- va 3- o‘rinlarni egallashdi.
Musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri