Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasaba uyushmalari fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi
17:42 / 2025-11-05

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Termiz shahrida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Soha fidoyilari, nuroniylar, deputatlar, viloyat tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ulug‘bek Muhamedov soha xodimlari va mehnat faxriylarini O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda bayram bilan muborakbod etdi. Keyingi yillarda kasaba uyushmalari hayotida yuz bergan o‘zgarish va yangilanishlar xususida so‘z yuritdi.

Mamlakatimizda “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonuni qabul qilinishi xodimlarning ijtimoiy-mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlardagi faoliyatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun katta imkoniyat eshigini ochdi. Инсон huquq va erkinliklarini, kafolatlangan ijtimoiy himoyani ta’minlash, mehnatni muhofaza qilib, korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilish qonun bilan mustahkamlandi. 

Prezidentimiz joriy yil 17 oktyabrda mamlakat kasaba uyushmalari Federatsiyasi faollari va faxriylari bilan uchrashuvida Yangi O‘zbekiston rivojiga kasaba uyushmalari xalqchil, katta jamoa tashkiloti sifatida munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida qayd etib, qator ezgu tashabbuslarni ilgari surdi.

Endilikda bu tuzilma xotin-qizlarni faol ijtimoiy himoya qilishda “Kasaba uyushmalari – ayollar manfaati yo‘lida” degan yangi tizim asosida mahalla xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Mahalla “yettiligi” bilan birgalikda ishlaydi. Mahalliy hokimlar har yili o‘z hududida zamonaviy loyiha asosida bittadan sanatoriy va oromgoh barpo etadi. Kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi munosabati bilan mehnatkash xalqimizga chuqur hurmat va ehtirom ifodasi sifatida har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘i” yaratiladi. Korxona va tashkilotlardagi kasaba uyushmalari ham ishxonasida, xodimlari yashaydigan mahallalarda daraxt ektirib, yashil hududlarni kengaytiradi. Tozalik va obodonchilik ishlarini tashkil etadi. 

Ayni paytda tizimda “Kuchli kasaba uyushmalari – kuchli jamiyat asosi” tamoyili asosida yirik ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi besh yilda viloyatda 20 ga yaqin fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklanib, ularga 172,3 million so‘m oylik ish haqi undirib berildi. Ishchilarning muddati o‘tgan oylik ish haqlarini undirib berishda ham salmoqli natijalarga erishildi. Мажbuрий mehnat va bolalar mehnatining oldini olishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, o‘tgan 8 yilda viloyatda barcha zamonaviy sharoitlarga ega Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” dam olish maskani, “Sangardak”, Oltinsoy tumanidagi “Xo‘jaipok”, Termiz tumanidagi “Termiz marvaridi” sanatoriylari, Termiz shahrida “Amudaryo” bolalar oromgohi bunyod etilgani ham keyingi yillarda kasaba uyushmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishi uchun ko‘rsatilayotgan cheksiz e’tiborning amaldagi samarasidir. 

[gallery-26095]

– O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyatimizda amalga oshirayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, – dedi viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov. – Buning uchun milliard-milliard so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Ayni paytda ham bu ishlar davom ettirilib, Boysun tumanidagi “Omonxona” sanatoriyasi kengaytirilmoqda. 200 o‘rinli yotoqxona, 300 o‘ringa mo‘ljallangan oshxona, suv inshootlari va boshqa ob’ektlar qurilmoqda. Denov tumanidagi “Chashma” bolalar oromgohi yangidan barpo etilmoqda. 

Tantanali tadbirda bir guruh faollar, nuroniylar va uyushmaning ilg‘or a’zolariga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi” esdalik nishoni, viloyat hokimligining faxriy yorliq va sovg‘alari topshirildi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarning faxr-iftixor hissini yuksaltirib, barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri