French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kasaba uyushmalari aholi manfaatlarini himoya qilmoqda
15:20 / 2024-11-07

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Buxoroda  O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari faoliyatiga nazar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi. 

Brifingda OAV vakillariga viloyat kasaba uyushmalari kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilindi.

Viloyatda 2279 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti mavjud bo‘lib, ularda 368 ming 760 nafar kasaba uyushma a’zosi birlashgan. Joriy yilning 9 oyi davomida 1441 ta korxona va tashkilotning 23 ming 201 nafar xodimi kasaba uyushmasiga jalb etildi. Mehantkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida aniq vazifalar amalga oshirildi. Kam ta’minlangan oilalar, pensiya yoshidagi xodimlar, nogironligi bor shaxslar, ishlovchi ayollar va yoshlarga jamoa shartnomalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Birgina 2024 yilning 9 oyi davomida jamoa shartnomalari orqali 6305 nafar fuqaroga va 2113 ta oilaga 4 milliard 43 million 200 ming so‘mlik ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.

Mehnat muhofazasi yo‘nalishida 2024 yilning o‘tgan davri davomida mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari tomonidan 60 ga yaqin korxona, tashkilot faoliyati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish maqsadida ish beruvchilarga 30 dan ortiq taqdimnoma kiritildi. Kasaba uyushmalarining aralashuvi bilan 27 ta taqdimnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilishiga erishildi. Kasaba uyushma mutaxassislari ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish komissiyalari, kasb kasalliklarini tekshirish ishlarida, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Ayollar daftari” tizimi orqali joriy yilning 10 oktyabriga qadar viloyat bo‘yicha xotin-qizlarning 57 ming 854 nafariga yoki 97,2 foiziga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasidagi 10843 nafar  xotin-qizga, ijtimoiy yordamga muhtoj, 1 va 2-guruhi nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga kiritilgan 11454 nafar ayolga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, 54 nafar xotin-qiz uy-joy bilan ta’minlandi, 116 nafariga ijara kompensatsiyalari to‘lab berildi. 

Viloyat mahalla fuqarolar yig‘inlarida 5399 nafar xotin-qizdan 3 641 nafari (63 foiz) bilan anketa-so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning 5782 ta muammosi ishchi guruh a’zolari tomonidan o‘rganilib, tahlil etildi. 

Buxoro viloyatini “Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikdan xoli hudud”ga aylantirish yuzasidan 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, ijroga qaratildi. 

Dasturga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi, davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 22 ta yo‘nalish bo‘yicha 76 ta topshiriq-vazifa belgilab olinib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Viloyatni xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikdan xoli hududga aylantirish dasturiga asosan 4 ming 866 nafar xotin-qizning bandligi to‘liq ta’minlandi. 

2024 yilning 9 oyi davomida Buxoro viloyati kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning 143 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan 55 tasi yozma, 79 tasi elektron, 7 tasi og‘zaki, 2 tasi ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlardir. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida 71 nafar xodimning mehnat huquqlari tiklandi, 61 tasi to‘liq qanoatlantirildi va 75 tasiga tushuntirish berildi.

Kasaba uyushmalari tomonidan turli soha xodimlari va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatga 2024 yil o‘tgan davrida Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston Respublikalari, Belarus, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarning kasaba uyushmalari vakillari qabul qilinib, o‘zaro tajriba almashildi. 

Xalqaro mehnat tashkiloti Mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha Byurosi tashabbusi bilan 2024 yil 16-18 aprel kunlari “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat sohasida zo‘ravonlik va tegajog‘lik to‘g‘risidagi 190-sonli konvensiyasi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminarda Xalqaro mehnat tashkiloti Mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha Byurosi (ACTRAV)ning Yevropa va Markaziy Osiyo sektori mudiri Sergeyus Glovatskas va tashkilot xodimlari, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston Respublikalari ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi. 

Joriy yilning 18-20 may kunlari Boshqirdiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Respublika ittifoqi delegatsiyasi, 
17-18 iyul kunlari Tojikiston Respublikasi “Tojikmetall” tarmoq kasaba uyushmasi va 1-2 oktyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi “Qozoqmetall”  tarmoq kasaba uyushmasi delegatsiyasi a’zolari Buxoro shahrida munosib kutib olindi va sayohatlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi  xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirishdir.

Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriyalarda 2024 yilning hozirgi kuniga qadar 3187 nafar dam oluvchi sog‘lomlashtirilib, ulardan 1577 nafari imtiyozli va 74 nafari bepul yo‘llanmalar asosida o‘z salomatliklarini tikladi.

Joriy yilgi yoz mavsumida 10 ta oromgoh faoliyat ko‘rsatib, ularda 7 ming 214 nafar, 132 ta sog‘lomlashtirish maydonchasida 14495 nafar bola sog‘lomlashtirildi. 

Buxoro shahrida 250 o‘rinli yangi zamonaviy oromgoh, 140 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli mehmonxona va 1 gektar maydonda “Hunarmandchilik markazi” qurilishi olib borilmoqda. 

So‘nggi yillarda Federatsiya tomonidan “Yangiyer”, “Ko‘xinur”, “Xo‘jaipok”, “Chinobod plaza”, “Sangardak”, “Zarkent”, “Sevarsoy”, “Xonqa” sanatoriyalari hamda “Xo‘jaipok ota” dam olish maskani, “Yangiyer” sanatoriyasida yopiq suv havzasi qurib foydalanishga topshirilgani quvonarli bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2024 yilning 9 oyi davomida “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida qariyb 23 ming 331 nafar xodim va ular oila a’zolarining respublikamizdagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohatlari tashkil etildi. Shundan 10324 nafari tarixiy shaharlarga, 13007 nafari viloyat hududiga sayohatga jalb etilgan. Ushbu maqsadlar uchun jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag‘lari hisobidan jami 8 milliard 571 ming  so‘m mablag‘ sarflandi. 

[gallery-20235]

Kasaba uyushmalari ommaviy sportni rivojlantirish, sportga jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda ham faol ishtirok etmoqda. 

O‘tgan davrda tarmoq kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda korxona va tashkilotlar o‘rtasida kasaba uyushmalari kubogi uchun sportning minifutbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka kabi ommaviy turlari bo‘yicha 819 ta musobaqa tashkil etilib, ularga 27176 nafardan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari jalb etildi. 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi Prezidentimiz tashabbuslari bilan Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarda bundan buyon ham faol ishtirok etib, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘nalishlaridagi ishlarni izchillik bilan amalga oshiradi. 

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari