Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karzdorlik to‘lanmasa transport vositasi sotiladi
13:33 / 2023-02-15

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ham ajratilmoqda.

Bu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o‘z faoliyatini rivojlantirib, ajratilgan kreditlarni vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.  

Afsuski, ayrim tadbirkorlar olingan kreditlarni qaytarishni paysalga solishni odat qilib olgan. Majburiy ijro byurosi ish yurituviga kelib tushgan banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar qilinmoqda. Misol uchun fuqarolik ishlari buyicha Buxoro viloyati Romitan tumanlararo sudining 2023 yil 5 yanvardagi qaroriga asosan qarzdor “Alibek Sarvar Agro” MCHJ va “Shuhrat Ulug‘bek” fermer xo‘jaligidan solidar tartibda undiruvchi AT “Xalq banki” Romitan filiali foydasiga jami 61.015 AQSH dollari undirish, undiruvni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2023 yil 6 fevralda Byuroning Romitan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.  

Ijro harakatlari davomida garov mulki hisoblangan “Alibek Sarvar Agro” MCHJ ga tegishli 2020 yilda ishlab chiqarilgan, “HOWO ZZ3257N3847A” rusumli avtotransport vositasi davlat ijrochilari tomonidan tegishli tartibda xatlanib, vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.  

Kredit qarzdorligi belgilangan muddatda bartaraf qilinmagan taqdirda mazkur avtomashina “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilishi va kelgusida avtomashina sotuvidan tushgan mablag‘lar hisobidan kredit qarzdorligini qoplash choralari ko‘riladi.  

Hozirda, ijro harkatlari davom ettirilmoqda.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA