Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kartoshka taqchil bo‘lmaydi (+video)
21:37 / 2025-02-01

Ijtimoiy tarmoqlarda, odamlar orasida kartoshka narxining qimmatlagani, demakki dehqon bozorlarida hademay mahsulot yetishmovchiligi kuzatilishi mumkinligi haqida xavotir oraladi.

Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on” bozori ma’muriyatining xabar berishicha, bunday xavotirga hech qanday asos yo‘q. Chunki kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yetarli miqdorda zaxirasi yaratilgan va peshma-pesh yangilab turilibdi. Birgina kartoshkaning o‘zini oladigan bo‘lsak, bozor ma’muriyati tomonidan 200 tonnadan ortiq zaxira g‘amlangan va hamyonbop narxlarda sotilishi nazoratga olingan.

[gallery-21562]

- Zaxirani aholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berish va aynan, narx-navo barqarorligini saqlash uchun yaratganmiz, - deydi bozor boshqaruvi raisi Toshturdi To‘rayev. – Shundan foydalangan holda bugun kartoshka 6500 so‘mdan sotilishini ta’minlayapmiz. Vahimaga hech qanday asos yo‘q.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FRLD2AJLvwI" title="Kartoshka taqchil boʻlmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jamshid NORQOBILOV (surat va video), O‘zA