Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kartoshka qoplariga yashirilgan giyohvand moddalari fosh etildi
15:56 / 2022-03-28

Bojxonachilar kartoshka ichiga yashirilgan 154 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarini fosh qildi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasining navbatdagi yashirin aylanmasini fosh qilishdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi respublikamizda tranzit tarzida harakatlanib, Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketishi lozim edi. 

Hujjatlarga ko‘ra, unga 533 ta qopda 22 tonnadan ziyod kartoshka yuklangan. O‘rnatilgan tartibda ushbu transport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, yuklarning rentgen tasviri bojxona xodimlarini shubhalantirib qo‘ydi.

Natijada, avtomashinadagi kartoshka solingan 533 ta qopning 38 tasiga 1305 dona mohirlik bilan tayyorlangan kartoshka shaklidagi o‘ramlar – giyohvandlik vositalari joylangani fosh bo‘ldi. Mazkur o‘ramlardagi «gashish» giyohvandlik vositasining umumiy og‘irligi 154 kilogramm 90 grammni tashkil qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, qonunbuzarlar o‘z qing‘irligini yashirish maqsadida har bir o‘ramga poliyetilen, nusxa ko‘chirishda foydalaniladigan qora qog‘oz va germetik skotch yordamida ishlov berishgan.Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 


O‘zA