Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karolin Voznyaski o'ttizinchi sovrinini qoʻlga kiritdi
11:18 / 2018-10-08

Daniyalik tennischi Karolin Voznyaski Pekinda oʻtkazilgan “China Open“ xalqaro turnirning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.


Daniyalik tennischi Karolin Voznyaski Pekinda oʻtkazilgan “China Open“ xalqaro turnirning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan oʻtkazilgan musobaqaning finaliga Karolin latviyalik Anastasiya Sevastovani 6:3, 6:3 hisobida yengdi.

Shu tariqa Voznyaski musobaqaning bosh sovrini bilan birgalikda 1,525,245 AQSH dollari pul mukofoti va 1000 reyting ochkosini qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, daniyalik tennischi uchun mazkur sovrin faoliyati davomidagi oʻttizinchisidir.