Karmanada tekstil korxonalar soni ko‘paymoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatining Karmana tumanida o‘tgan yilning o‘zida “Jaloyir tekstil”, “Do‘rman tekstil”, “Baxt tekstil” nomi bilan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada ushbu sohada 1500 nafar ishsiz xotin-qiz doimiy daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
[gallery-6179]
Ana shunday istiqbolli korxonalardan biri - “Agro baxt” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bugungi kunda 150 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Bu yerda tayyorlanayotgani sifatli trikotaj mahsulotlari buyurtma asosida xaridorlarga yetkazib berilmoqda.
Siroj ASLONOV (surat),O‘zA