Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karmanada «Do‘stlik» festivali bo‘lib o‘tdi
19:32 / 2025-07-31

FOTOREPORTAJ

Navoiy viloyati Karmana tumani markazida “O‘zbekiston - yagona Vatan!” shiori ostida boshlangan «Do‘stlik» festivali bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida milliy-madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari va adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyishi o‘tkazildi.

[gallery-24568]

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari va xorijdagi vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yurtimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhiti, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini mustahkamlash, chet ellar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar, xalq diplomatiyasini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ijobiy natijalarga erishmoqda.

Tadbirda yurtimizdagi taniqli madaniyat va san’at namoyondalari tomonidan ona Vatan, uning mustaqilligi va xalqlar do‘stligini tarannum etuvchi konsert dasturi namoyish etildi.

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA