Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karl III Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya qiroli, deb e’lon qilindi
18:59 / 2022-09-11

8 sentyabr kuni vafot etgan Qirolicha Yelizaveta IIning o‘g‘li yakshanba kuni rasman Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya qiroli, deb e’lon qilindi. Voqealar «BBC” kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Edinburgda deklaratsiyani parlament maydonida Shotlandiya gerald palatasi raisi Jozef Morrou o‘qib eshittirdi.  
 12 sentyabr kuni mazkur maydon yaqinidagi Muqaddas Egidiya soboriga Yelizaveta IIning jasadi keltiriladi va bir kecha-kunduz davomida u bilan xayrlashuv marosimi o‘tkaziladi.  

 Karl III Shotlandiya qiroli, deb e’lon qilingach, 21 ta artelleriya o‘qi otildi. 

Kardiff qasrida Uels gerald palatasi rahbari Tom Lloyd va mintaqaning lord-leynetanti Morfidd Meredit murojaatni o‘qib eshittirishadi. 

O‘z navbatida, Xillsboro qasrida – qirollikning rasmiy qarorgohida Shimoliy Irlandiya gerald palatasi rahbari Robert Noel Karl IIIni qirol, deb e’lon qiladi. 

Shundan so‘ng mazkur voqea sharafiga salyut otilib, Buyuk Britaniya madhi yangradi.