Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karl III rasman Avstraliya davlat rahbari, deb e’lon qilindi
11:51 / 2022-09-11

Buyuk Britaniya Qiroli Karl III yakshanba kuni Avstraliyaning yangi rahbari, deb e’lon qilindi. Bu haqda “SBS” telekanali xabar berdi.

Bugun Kanberreda parlament binosida o‘tgan marosim chog‘ida Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze bu haqda ma’lum qildi. 

U, shuningdek, Qirolicha IIning  vafoti munosabati bilan 22 sentyabrda mamlakatda motam kuni, deb e’lon qildi. 19 sentyabr kuni Londondagi Vestminster abbatligida bo‘lib o‘tadigan monarxning dafn marosimida Avstrailyai hukumat rahbari va general-gubernator Devid Xerli  ishtirok etishadi.