Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karl III besh yil Bukingem saroyida yashay olmaydi
11:24 / 2022-10-16

Qirol Karl III yaqin besh yil davomida Britaniya monarxligining Londondagi qarorgohida yashay olmaydi. “TheSun” nashri xabariga ko‘ra, bu Bukingem saroyi to‘liq ta’mirlanishi bilan bog‘liq.

Jami 369 million funt sterlingga tushadigan saroy ta’miri kamida 2027 yilgacha davom etadi. Shuningdek, binoning suv ta’minoti va isitish tizimi ham rekonstruksiya qilinadi.

Karl III va qirolicha-konsort Kamilla haftasiga uch kun Vestminsterdagi “Klarens-xaus” rezidensiyasida, ikki kun Vindzor qasrida va dam olish kunlari Norflokdagi “Sandringem-xaus” qarorgohida bo‘ladi.

Buyuk Britaniya Qiroli Karl IIIning toj kiyish marosimi kelasi yil 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.