English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Karbonat angidridga qarshi texnologiya uchun 100 million dollar!
13:31 / 2021-01-22

“SpaceX” kompaniyasi asoschisi Ilon Mask is gazini zararsizlantirishga qaratilgan muvaffaqiyatli texnologiya yaratgan kashfiyotchiga 100 million dollar ajratishini ma’lum qildi.

"Kim karbonat angidrid (is) gazini tutib qolish bo‘yicha  eng yaxshi texnologiyani yaratsa, o‘shanga 100 million dollar mukofot beraman", - deb yozgan milliarder ijtimoiy tarmoq orqali.

U mazkur taklif bo‘yicha batafsil ma’lumotni keyingi hafta oshkor qilishini qo‘shimcha qilgan.

Tutib qolish, deyilganda is gazining sanoat va energetik manbadan ajralishi va uzoq muddat atmosferada yakkalanib qolishi jarayoni nazarda tutiladi.

Uglerodni ushlab qolish iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishiga qarshi samarali kurashish, demak, deyiladi xabarda.

O‘zA